Moliyalashtirish manbalari
haqida ma'lumot
  • Bosh Sahifa
  • Moliyalashtirish manbalari
    haqida ma'lumot



Moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumot

 “Certification Control” MChJ (keying o‘rinlarda Jamiyat deb ataladi) o‘z faoliyatini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida, mahsulotlarni sertifikatlashtirish yoki sinov o‘tkazishga talabgorlar bilan shartnoma asosida amalga oshiradi. Muvofiqlikni baholash ishlarining narhnomasi direktor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.


Quyidagi pullik xizmatlar Jamiyatning daromad manbalari hisoblanadi:

  • arizani tahlil qilish;
  • namuna tanlash;
  • identifikatsiya qilish;
  • ishlab-chiqarish sharoitini tekshirish;
  • inspeksiya nazoratini o‘tkazish;
  • muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish;
  • sinov o‘tkazish va sinov bayonnomasini rasmiylashtirish;
  • Jamiyatning faoliyatini moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar hisoblanadi;


Jamiyat olingan mablag‘lardan quyidagi asosiy xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha foydalanadi:

  • xodimlarning ish haqi;
  • jalb qilinadigan malakali xodimlar, shu jumladan xorijiy trenerlar hamda ekspertlar xizmatlari uchun haq to‘lash;
  • Jamiyat xodimlarini tashqi treninglar, konferensiyalar va o‘quv seminarlarida o‘qitish xarajatlari;
  • halqaro talablarga muvofiq bo‘lgan o‘lchash va sinash vositalarini hamda reaktivlarni harid qilish;
  • meyoriy hujjatlar va sinov metodlarini harid qilish hamda tegishli hujjatlarni tarjimasi uchun to‘lovlar;
  • “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUKga akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan pullik xizmatlar tushumdan 5 foiz miqdorida ajratma toʻlash;
  • Jamiyat tomonidan seminarlar va konferensiyalar tashkil etish xarajatlari va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa harajatlar.


Select the fields to be shown. Others will be hidden. Drag and drop to rearrange the order.
  • Image
  • SKU
  • Rating
  • Price
  • Stock
  • Availability
  • Add to cart
  • Weight
  • Dimensions
  • Additional information
Click outside to hide the comparison bar
Compare